Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Budapeshtda Bosh vazir Viktor Orban tomonidan qabul qilindi

Turk kengashining Yevropadagi ofisining ochilishi ortidan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.

1273083
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Budapeshtda Bosh vazir Viktor Orban tomonidan qabul qilindi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Vengriya poytaxti Budapeshtda Bosh vazir Viktor Orban tomonidan qabul qilindi.

Tashqi ishlar vaziri kecha Turk kengashining (Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi) Yevropadagi ofisining ochilish marosmida ishtirok etish maqsadida Vengriyada bo’lar ekan unda Bosh vazir Orban bilan uchrashuv o’tkazdi.

Bosh vazirlikda uyushtirilgan uchrashuv, rasmiy suratga tushish marosimi ortidan matbuotga yopiq ravishda davom etdi.  

Mevlut Chavusho’g’li uchrashuv ortidan Twitterda qoldirgan postida,

“Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Turk kengashining Budapeshtdagi ofisining ochilishiga qo’shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar