Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, vandalizmga haddan tashqari zo’ravonlikka qarshi ekanini aytdi

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lu, vandalizmga haddan tashqari zo’ravonlikka qarshi ekanini aytdi.

1104712
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, vandalizmga haddan tashqari zo’ravonlikka qarshi ekanini aytdi

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lu, vandalizmga haddan tashqari zo’ravonlikka qarshi ekanini aytdi.

Mavlud Chavusho’g’lu, poytaxt Anqarada islohot harakat guruhining 5- yig’ilishiga ishtirok etdi.

Keyinchalik uyushtirilgan matbuoti anjumanida so’zga chiqqan Chavusho’g’lu, Fransiyada boshlagan  ba’zi Yevropa o’lkalariga ham yoyilgan noroziliklarga va politsiya shiddati  borasida  ham to’xtadi.  

Chavusho’g’lu Yevropada vandalizm ham, haddan tashqari zo‘ravonlikka ham  qarshi ekanini  qayd etdi.

Turk fuqarolari Yevropa o’lkalariga vizasiz sayohat  qilish mavzusida ham to’xtalgan Chavusho’g’lu,

“ Yurtdoshlarimiz Yevropaga vizasiz sayohat  qilish haqi bor. Nohaq vaziyatni  bartaraf  etish uchun faoliyatlarimizni davom ettiramiz.” dedi.

2- oktabr kuni  Saudiya Arabistonning Istanbuldagi Bosh konsulligida vahshiyona ravishda  o’ldirilgan Jamol Kashikchi jinoyati bilan aloqali esa adolat izlayotganlarini aytgan Chavusho’g’lu,

“ Yangi dalillar va hujjatlar maydonga chiqmoqda. Bularni bahamlashamiz. Saudiya Arabistondan bugungacha hech bir hamkorlik ko’rmadik. Faqat bu jinoyatni yoritish  hamjamiyat kutib turgan bir masaladir. Ba’zi talablarimizga rad javobi berdilar .” Deb qayd etdi.

Kashikchi jinoyati xalqaro tergov mavzusida ham to’xtagan Chavusho’g’lu, Argentinadagi G-20 yig’ilishlarida  ko’plab hamkasbi bilan mushtarak murojaat qilish irodasini o’rtaga qo’yganlarini aytdi.

Amerika qo’shma shtatlari ( AQSh) Suriyaning shimolida bo’lginchi terror tashkiloti YPG/PKKga  bergan yordamlari mavzusida esa Chavusho’g’lu,

“Agar AQShning  maqsadi YPGga ta’lim berish bo’lsa bu juda ham yanglishdir va mintaqaga qilingan xiyonatdir. Biz bunga ko’z yumaymiz.” deb qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar