Terroristlar xavfsiz hududni tark etgudek bo’lsa unda amaliyot to’xtatilishi mumkin

Suriyadagi terroristlarning hammasi qurollarini tashlab Turkiya belgilagan xavfsiz hududni tark etgudek bo’lsa unda Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyoti to’xtatilishi mumkin.

1289212
Terroristlar xavfsiz hududni tark etgudek bo’lsa unda amaliyot to’xtatilishi mumkin

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qayd etishicha Suriyadagi terroristlarning hammasi qurollarini tashlab Turkiya belgilagan xavfsiz hududni tark etgudek bo’lsa unda Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyoti to’xtatilishi mumkin.

Prezident Erdo'g’an, Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi guruh yig’ilishida nutq so’zladi.

Sakkiz yildan beri davom etgan Suriya masalasining Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqning qayta tiklanishi say-harakatining mahsuloti ekanligini qayd etgan Erdo'g’an,  

“DEASh terror tashkilotini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlagan mamlakatlar bugungi kunga kelib uning dushmaniga aylandi. Bu orqali masalaning DEASh yoki PKK terror tashkiloti emas faqatgina mintaqamizni nishonga olgan loyihani yo’lga qo’yishlik ekanligi o’rtada” dedi.

Turkiyaning Yevropa yoki Amerikada qalamga olingan senariyda o’ziga ajratilgan rolga taslim bo’lishi yoki kurash olib borishini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Turkiya tarixida taslim bo’lish tanlovi aslo uchramagan. Biz xalqimiz bilan birgalikda ‘yo istiqlol yo o’lim’ deb kurash olib borish bayrog’ini allaqachon ko’tardik. O’z davlatini tashkil etgan xalqqa ham shu yarashadi” deya gapirdi.  

O’z nutqida Tinchlik bulog’i amaliyotiga qarshi chiqqan Arab ligasini nishonga olgan Prezident Erdo'g’an yurtini tark etgan 6 million Suriya fuqarosining 4 millionining Turkiyaga kelganligini eslatib o’tgan holda, ko’pchiligi arab millatiga mansub bo’lishiga qaramay muhojirlarning Turkiyaga kelganligini, Arab ligasining esa necha suriyalikni qabul qilganligining noma’lumligini va Suriyaning Arab ligasidan ham chiqarilganligini qayd etid.  

Turkiya o’z tarixida hech qachon tinch aholiga qarshi o’q uzmaganligini, Tinchlik bulog’i amaliyotida ham bu boradagi iddiolarning tuhmatdan iboratligini qayd etgan Erdo’g’an,

“Bizning ishonchimiz, madaniyatimiz va ahloqimiz bunga yo’l qo’ymaydi” dedi.

O’z so’zida G’arb davlatlariga ham e’tibor qaratgan Erdo’g’an,

“Aslo bunday vaziyatga tushishingizni xohlamaymiz lekin unutmang bugun yoki ertaga siz ham huddi shunday muammoga duch kelib qolishingiz mumkin. Bizni ana shunda tushunib yetasiz lekin kech bo’ladi. Terroristlarni qo’llab-quvvatlaganlar haqida nima deysiz, ularga nisbatan qanday munosabatda bo’lasiz degan savollar ham tug’iladi. Eng qizig’i terroristlarni ana shunda ham qo’llab-quvvatlay olasizmi? Terroristlar sizga ziyon berayotganida yoningizda yana biz, aziz xalqimiz bo’ladi” degan Erdo’g’an o’z so’zini “Bu (terrorga qarshi) kurashda Turkiyaning ro’parasida emas yonida bo’ling, yonida bo'lolmasangiz yo’q deganda aralashmang” deb davom ettirdi.

Erdo’g’an so’zlarining yakunida, Suriyadagi terroristlarning hammasi qurollarini tashlab Turkiya belgilagan xavfsiz hududni tark etgudek bo’lsa unda Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining ham to’xtatilishini e’lon qildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an jurnalistlarning Manbij haqidagi savollariga javob berar chog’ida ham,

“Dardimiz bu tuproqlarni o’z egalariga topshirishdir. Bittayu bitta tilagimiz shu” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar