Tinchlik bulog’i amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 673 nafarga yetdi

Tinchlik bulog’i amaliyotida yo’q qilingan PKK/ YPG terror tashkiloti a’zosi soni 673 nafarga yetdi.

1289527
Tinchlik bulog’i amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 673 nafarga yetdi

Turkiyaning janubiy chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror yo’lagini yo’q qilib, mintaqada tinchlik o’rnatish maqsadida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Firot daryosining shariqda boshlatilgan Tinchlik bulog’i amaliyotida yo’q qilingan PKK/ YPG terror tashkiloti a’zosi soni 673 nafarga yetdi.

Milliy Mudofaa vazirligi amaliyotning to’qqizinchi kunida mavzu haqida bergan bayonotida,

“Firotning sharqida davom etgan Tinchlik bulog’i amaliyotida yo’q qilingan PKK/ YPG terror tashkiloti a’zosi soni 673 nafarga yetdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Shu bilan birga xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra muvaffaqiyatli ravishda davom etgan Tinchlik bulog’i amaliyoti PKK/ YPG terror tashkilotining kayfiyatini tushirgan. Shu doirada Rakka va Tabga mintaqalarida tashkilot tomonidan majburiy yo’llar orqali jangovarlar qatoriga qo’shtirilgan qariyb 600 terroristning yashirin ravishda qochganligi, Turk Qurolli kuchlariga taslim bo’lgan terroristlar sonining esa 40 dan ortganligi qayd etildi.  



Aloqador xabarlar