Turkiya aholisining 49,9 foizi ayollardan iborat

Turkiya aholisining 49.9 foizini ayollar, 50.1 foizini erkaklar tashkil etmoqda.

2119305
Turkiya aholisining 49,9 foizi ayollardan iborat

Turkiya aholisining 49,9 foizi ayollardan iborat.

Turkiya Statistika qo‘mitasi «Statistikada ayollar - 2023» deb nomlangan tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra mamlakat aholisining 49,9 foizi ayollardan; 50,1 foizi esa erkaklardan iborat.

Ayollar soni 42 million 638 ming 306 nafar, erkaklar soni esa 42 million 734 ming 71 nafar deb qayd etildi.

Ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi bu mutanosiblik 60 va yuqori yoshdagilardan e’tiboran ayollar foydasiga o‘zgardi chunki ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashaydi.

Ayollar nisbati 60 - 74 yosh toifasida 52,1 foizni tashkil etar ekan, 90 va undan yuqori yosh guruhida bu ko‘rsatkich 70,2 foiz ekani aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya aholisi , #ayollar , #erkaklar

Aloqador xabarlar