Turkiya Fransiyani keskin qoraladi

Turkiya, Suriya Demokratik kuchlari ekanligi iddio etilgan hay’at bilan uchrashuv o’tkazgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronni qoraladi.

1186982
Turkiya Fransiyani keskin qoraladi

Turkiya, aslida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotiga qarashli bo’lgan lekin Suriya Demokratik kuchlari ekanligi iddio etilgan hay’at bilan uchrashuv o’tkazgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi SDK ekanligi iddio etilgan hay’atni Elysee saroyida mehmon qilgan fransuz liderni keskin qoraladi.

Vazirlik tomonidan, mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Macronning, aslida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPGga qarashli lekin Suriya Demokratik kuchlari ekanligi iddio etilgan hay’atni qabul qilishini qoralaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

“Terror tashkiloti qanotlariga sun’iy qonuniylik berishga uringan tashabbusning, ittifoqchilik munosabatlariga to’g’ri kelmagan noto’g’ri qadam” ekanligi ta’kidlangan bayonotda,

“Suriyaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini nishonga olgan kun tartibining avj olishiga ruxsat berilmasligining ahamiyati va Turkiyaning milliy xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli chora va tadbirlarni olishdan hech tortinmasligini takror eslatib o’tamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar