Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinga tashrifini yakunladi

Prezident Erdo’g’anni xalqaro aeroportda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, Istanbul hokimi Ali Yerlikaya va Istanbul xavfsizlik boshqarmasi rahbari Mustafo Chalishkan kutib oldi.

1343917
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinga tashrifini yakunladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Berlinga tashrifini yakunlab Turkiyaga qaytdi.

Prezident Erdo’g’an hamrohligidagi delegatsiya bilan birga shaxsiy samolyoti “TRK”da Turkiya vaqti bilan soat 23:50da Istanbul Otaturk aeroportiga qo’ndi.

Prezident Erdo’g’anni xalqaro aeroportda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, Istanbul hokimi Ali Yerlikaya va Istanbul xavfsizlik boshqarmasi rahbari Mustafo Chalishkan kutib oldi.

Erdo’g’anga milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun va prezidentlik matbuot kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qildi.

Eslatma: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Germaniya kantsleri Angela Merkelning taklifiga binoan Berlindagi “Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjuman”da ishtirok etdi.

 

 



Aloqador xabarlar