Turkiya, Sharqiy O’rta yer dengizida tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashni davom etadi

Vitse-prezident Fuat O’ktay kecha poytaxt Anqarada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan Turizm tarmog’ida hamkorlik qilish bo’yicha uyushtirilgan qabul marosimida ishtirok etdi.

1272981
Turkiya, Sharqiy O’rta yer dengizida tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashni davom etadi

Vitse-prezident Fuat O’ktayning qayd etishicha Turkiya, Sharqiy O’rta yer dengizida tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashni davom etadi.

Fuat O’ktay kecha poytaxt Anqarada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan Turizm tarmog’ida hamkorlik qilish bo’yicha uyushtirilgan qabul marosimida ishtirok etdi. Vitse-prezident unda so’zlagan nutqida, Kipr jarayoni takror kun tartibiga olib chiqila boshlagan shu kunlarda bu boradagi Turkiyaning munosabatining o’zgarmaganligini belgilab o’tdi.

O’ktay,

“Muammoni hal qilishlik, doimiy va adolatli siyosiy tenglikdir. Biz uchun muammoni hal qilishdagi eng asosiy masala Kipr turklarining siyosiy tengligi va qaror qabul qilish mexanizmlarida samarali ishtirok etishidir. Shuningdek tinchligi va xavfsizligini kafolat ostiga oladigan tartibning yo’lga qo’yilishidir” dedi.

Kiprning grek tomoni o’jarlik bilan, bir tomonli olaroq uglevodorodlar faoliyatini davom ettirar ekan unga qarshi maydonda, amaliy qadamlar bilan javob berilganligini ham o’z so’ziga ilova etgan Fuat O’ktay,

“Sharqiy O’rta yer dengizida tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashni davom etamiz. Turkiya Kipr turklarini hech qachon yolg’iz qo’ymagan. Haq-huquqini, manfaatini himoya qilish uchun kerakli qadamlarni tashlab kelgan. Kipr turklarining kelajagi uchun bugungacha yuritilgan faoliyatlarimizni bundan keyin ham davom ettirib, keng ko’lamli loyihalarni yo’lga qo’yishdan voz kechmaymiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  



Aloqador xabarlar