Turkiya prezidenti Erdo'g'an koronavirusga qarshi emlandi

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an va sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja birinchilardan bo’lib koronavirusga qarshi emlandi.

1412266
Turkiya prezidenti Erdo'g'an koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Poytaxt Anqaradagi Shahar shifoxonasida Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja birinchilardan bo’lib koronavirusga qarshi emlandi. Fahriddin Ko’ja barchani koronavirusga qarshi vaksina qabul qilishga chaqirdi.

“Chunki, bu kasallikdan qutulishning birgina yo’li vaksinadir. Normal hayotimizga qaytishimiz uchun mutlaqo emlanishimiz shart”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

Ayni vaqtda, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ham koronavirusga qarshi emlandi.

"Men ham koronavirusga qarshi emlandim",-deb ma'lum qilgan Erdo'g'an Telegram'dagi sahifasida.

Ma’lumki, 30 dekabrda Xitoydan Turkiyaga 3 mln doza vaksina olib kelingandi. Vaksinaning 14 kunlik sinov bosqichi yakunlandi. Natijada, reja asosida bugun, 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Vaksina birinchi navbatda tibbiyot xodimlari, yuqori xavf guruhiga kiruvchi kishilar jumladan,75 yoshdan kattalar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar, so‘ngra 65 yoshdan kattalarga emlanadi.

Koronavirus tarqalishi va kasallanganlar soni ma’lum bir miqdorda pasaya boshlashi bilan mamlakat bo’ylab joriy etilgan karantin cheklovlari asta-sekin yumshatiladi.

Ta’kidlash joizki, mamlakat bo’ylab olingan chora-tadbirlar o’z samarasini bermoqda. Dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati davom etmoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning 80 foizi sog’aydi.

Turkiyada 14 yanvar soat 20:00 holatiga ko’ra, 170 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 23 ming 495 nafarga yetdi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ayni vaqtda so'nggi bir kunda 169 ming 847 kishi koronavirus infektsiyasiga qarshi test qilindi. Ulardan 958 nafariga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo'yildi. So'nggi bir kunda koronavirus bilan bog'liq 8 ming 962 ta yangi holat qayd etilgan.

Virus yuqtirib olgan bemorlardan yana 9 ming 11 nafari sog’aygan, shu bilan Turkiyada koronavirusdan sog’ayib ketganlarning umumiy soni 2 mln 236 ming 938 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar