Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni kamaymoqda

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) tufayli vafot etganlar soni kamaymoqda.

1388669
Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni kamaymoqda

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Сovid - 19) tufayli vafot etganlar soni kamaymoqda.

Oxirgi 24 soatda 89 kishining vafot etishi bilan Turkiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy sonining 3 ming 81 nafarligi ma’lum qilindi.

Yana huddi shu soatda 43 ming 498 testdan 2 ming 936 nafaridan ijobiy natija olingan.

Shuningdek, qayd etilgan 5 ming 231 kishi bilan butunlay sog‘ayib ketganlarning umumiy soni 44 ming 40 nafar.

Shu bilan birga Sog‘likni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, ilmiy kengash bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ortidan bayonot berdi.

Unda Covid – 19 dan vafot etganlar sonida 10 foizlik kamayish kuzatilganini ta’kidlagan Faxrettin Ko‘ja, “Turkiyaning bu sinovdan bugungacha yorug‘ yuzi bilan o‘tganini” eslatib o‘tgan holda,

“Bu nuqtaga ko‘rilgan chora va tadbirlarga amal qilish orqali keldik” deya gapirdi.

Pandemiyaning eng cho‘qqida ekanligiga e’tibor qaratgan Ko‘ja, “Pasayish jarayoniga kirganini ham ko‘rib turibmiz lekin buning doimiy bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi” deb xalqni yana bir bor ehtiyotkor bo‘lish bo‘yicha ogohlantirdi.

Sog‘likni Saqlash vaziri bu jarayonda 7 ming 428 nafar tibbiy xodimning o‘ziga virus yuqtirib olganini, buning koronavirus holatining umumiy sonining 6.5 foizini tashkil etishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar