Turkiyada pandemiyaga qarshi yangi cheklovlar kiritildi

Turkiyada pandemiyaga qarshi yangi cheklovlar kiritildi. Bu haqida vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan Prezidenr Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

1537112
Turkiyada pandemiyaga qarshi yangi cheklovlar kiritildi

Vazirlik kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar bergan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, pandemiyaga qarshi kiritilgan yangi cheklovlarni ma’lum qildi.

Ushbu yangi cheklovlarga ko‘ra hafta ichi mobaynida (Turkiya vaqti bilan) soat 21:00 dan 05:00 gacha, dam olish kunlari esa uzluksiz (juma kuni 21:00 dan dushanba kuni ertalabgi 05:00 gacha) ko‘chaga chiqish man etiladi.

Ta’lim – tarbiya, transport, xizmat tarmog‘ida ham choralarning kengaytirilishini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an, birinchi bosqichda talab qilingan 50 million dozdagi vaksinaning foydalanishiga esa kelasi oy boshlashini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, yurttoshlarning pandemiyaga qarshi safarbarlik ruhida harakat qilishlarini ham talab qildi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #pandemiya , #yangi cheklovlar

Aloqador xabarlar