Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi mamlakatda ham chet elda ham uzluksiz davom etmoqda.

1272307
Turkiyaning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroqning shimolidagi Haftanin mintaqasidagi terroristlarga qarshi uyushtirilgan havo amaliyoti natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra muvaffaqiyatli ravishda davom etgan va “Panja-3” deb nomlangan harbiy amaliyot doirasida Haftanin mintaqasidagi terroristlarga qarshi havo amaliyoti uyushtirilgan.

Unda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo’q qilingan.

Undan tashqari ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Turkiyaning Hakkari viloyatida ham 2 terrorist yo’q qilingan.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida Hakkari viloyatiga qarashli qishloqlarda viloyat jandarmeriya qo’mondonligi va milliy razvedka tashkiloti yetakchiligi tomonidan amaliyotlar uyushtirilgan. Natijada 2 terrorist yo’q qilingan.

Mintaqada terroristlarga qarshi uyushtirilgan amaliyotlar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar