20 Mayıs 2022 13:45
13-Qozon sammiti doirasida “Modest Fashion Day” festivali boʻlib oʻtdi
Festival Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida davom etayotgan sammitning madaniy dasturi doirasida tashkil etildi.
Festivalda turli mavzularda sessiyalar bo‘lib o‘tdi, unda mutaxassislar konservativ moda sohasida kutilayotgan istiqbollar, iqtisodiy imkoniyatlar, iste’dodli dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.
Shuningdek, festivalda Rossiya, Indoneziya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ispaniyadan 12 nafar dizaynerning kolleksiyalari namoyish etildi.
Anʼanaviy va zamonaviy dizaynlarni oʻzida mujassam etgan moda namoyishi Tatariston investitsiyalarni rivojlantirish agentligi, Markamarie va ModestRussia agentliklari koʻmagida tashkil etildi.