2022-yilning-birinchi-choragida-o-zbekistonning-tashqi-savdo-hajmi-74-8-foizga

2022-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 74,8 foizga o‘sdi

2022-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74,8 foizga o‘sib, 13 milliard 155,8 million dollarni tashkil etdi.

30 Nisan 2022 09:50

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi choragida mamlaka eksporti 2021 yilning shu davriga nisbatan 138,7 foizga oshib, 5 milliard 772,7 million dollarni, importi esa 7 milliard dollarni tashkil etgan.

2021-yilning birinchi choragida 7 milliard 525,8 million dollar bo‘lgan tashqi savdo hajmi joriy yilning shu davrida 74,8 foizga o‘sib, 13 milliard 155,8 million dollarni tashkil etdi.

160 ta davlat bilan tashqi savdo aloqalariga ega bo'lgan mamlakatning bu davrda tashqi savdo kamomadi 1 milliard 610,4 million dollar bo'ldi.

Mamlakat eksportida oltinning ulushi 51,5 foiz, sanoat mahsulotlari 19 foiz, xizmatlar sohasi 9,8 foiz, oziq-ovqat va chorvachilik 4,9 foiz, kimyo mahsulotlari 4,3 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonning dastlabki uch oyda eng ko‘p savdo qilgan davlatlari orasida Xitoy 16,6 foiz bilan birinchi o'rinda.

2021-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 7 milliard 525,8 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, eksport hajmi 2 milliard 418,6 million dollar, import hajmi esa 5 milliard 107,2 million dollarni tashkil etgan.

Bu davrda Turkiya 5,9 foizlik ulush bilan O‘zbekistonning 4-tijorat hamkori bo‘ldi.

O'tgan yilning birinchi choragida 666,1 million dollar bo'lgan O'zbekiston-Turkiya tashqi savdo hajmi joriy yilning dastlabki uch oyida 776,4 million dollarga yetdi. Bu davrda ikki davlatning tashqi savdo hajmi 16,56 foizga oshdi.

Birinchi chorakda O‘zbekistonning Turkiyaga eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,36 foiz ortib 380,9 million dollar, Turkiyadan importi esa 36,2 foiz ortib 395,4 million dollarga yetdi.

Yangiliklar