24 Mayıs 2022 14:14
Xalqaro Turk madaniyati va merosi fondida boʻlib oʻtgan tadbirda Ozarbayjon va Oʻzbekiston deputatlari, Oʻzbekistonning Bokudagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, akademiklar va yozuvchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqqan Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi raisi G. Afandiyeva Alisher Navoiyning O‘zbekiston va turk dunyosidagiahamiyati haqida gapirdi.
U Navoiyning “Xamsa” asarini turkiy tilda yozganligi, bu shoirning turk dunyosiga bo‘lgan muhabbati, hurmati va sadoqatining belgisi ekanligini ta’kidladi.
Kuyga solingan Navoiy she’rlari va O‘zbekiston milliy musiqasidan namunalar ijro etilgan tadbirda Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan “Alisher Navoiy asarlari” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.