17 Nisan 2022 21:14
Samarqand O‘zbekistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lib, mingdan ortiq tarixiy-madaniy yodgorliklarga ega.
Turli davrlarda ko‘plab turkiy davlatlar, jumladan, G‘arbiy Qoraxoniylar, Shayboniylar va Temuriylar davlatlarining poytaxti bo‘lgan Samarqand o‘zining moviy gumbazli masjid va madrasalari, koshinlar bilan bezatilgan karvonsaroylari, osmonga cho‘zilgan minoralari bilan kishini hayratga soladi.
Asrlar davomida Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘lining muhim manzilgohi bo‘lib kelgan Samarqand o‘sha davrning nafaqat eng muhim savdo markazlaridan biri, balki o‘rta asrlarda jahon ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan.
Qadimda Samarqanddagi madrasalarda dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuzlab tadqiqotchilar noyob asarlar yaratdilar.
Samarqanddagi Markaziy Osiyo me’morchiligining nodir namunalaridan biri Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Temuriylar saltanatining asoschisi Amir Temur qabri joylashgan Go'ri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibi Xonim madrasasi kabi yuzlab tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan.
YuNESKO shafeligida 2750 yilligi keng nishonlangan Samarqand shahri 2001 yilda mazkur tashkilotning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
.