24 Nisan 2022 13:19
Dunyodagi eng nufuzli restoran reyting tizimlaridan biri bo'lgan “Mishelning yo’lboshchisi” Istanbulni ro'yxatga oldi.
Bu haqda Otaturk nomidagi madaniyat markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy va Mishel Guide rahbari Gvendal Poullennek ishtirok etdi.
Anjumanda so’zga chiqqan vazir Mehmet Nuri Ersoy, turk oshxonasining ming yillik tarixga ega ekanligini va jahon oshxonalari orasida o’z o’rniga ega ekanligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Istanbul nafaqat Turkiyaning gastronomik markazi, balki dunyoning yetakchi gastronomik shaharlaridan biridir.
“Vazirlik sifatida biz uchun qimmatli merosimizni butun dunyo bilan baham ko'rish va uni samarali targ'ib qilish katta ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan, Istanbulning oziq-ovqat va ichimliklar madaniyati haqidagi reklama lavhamiz 140 mamlakatda televideniye va raqamli kanallarda namoyish etildi.
Bu film qisqa vaqt ichida dunyoning eng ko'p tashrif buyurilgan raqamli platformalaridan biriga aylangan “Go Turkiye”ning YouTube kanalida tomoshabinlar e’tiboriga ham havola qilindi”,-dedi u o’z nutqida.