23 Nisan 2022 11:46
Turkmaniston xalq artisti faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan bastakor Viktor Uspenskiy 4 yillik mashaqqatli mehnatdan so‘ng V.Belyayev bilan birgalikda 350 dan ortiq turkman xalq qo‘shiq va kuylari yozib olingan “Turkman musiqasi” asarini yozdi.
Viktor Uspenskiyning xotirasiga SSSR xalq artisti, rejissyor Olti Garliyev “Maqomlar siri” filmini suratga oldi.
Film ssenariysi turkman san’at ixlosmandi Hudayberdi Durdiyev tomonidan yozilgan.
Filmda birinchi turkman ayol xalq qo’shiqlari san’atkori Karkara hayoti hikoya qilinadi.
1973-yilda suratga olingan ushbu film hamon tomoshabinlar mehrini qozonib kelmoqda.
1974-yilda Sovet respublikalari kinofestivalida eng yaxshi kino mukofotini qoʻlga kiritgan “Maqomlar siri” filmi koʻplab xalqaro festivallardan ham mukofot bilan qaytgan.