27 Nisan 2022 14:43
Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi 2022-yilning birinchi choragidagi rivojlanish ko’rsatgichlarini eʼlon qildi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga o‘sdi.
Birinchi chorakda xizmatlar sohasi 6,9 foiz, yuk tashish, transport va logistika sektori 14,4 foiz, chakana savdo 8,6 foiz, sanoat 5,7 foiz, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 2,8 foiz, qurilish sohasi esa 6,3 foizga o‘sdi.
Mazkur davrda xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 47,3 foizi, sanoatning 32,5 foizi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining 13,2 foizi, qurilish sohasining 7 foizi to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonda COVID-19ga qadar o‘rtacha yillik o‘sish 5-6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, epidemiya tufayli 2020-yilda bu ko’rsatgich 1,6 foizni tahskil etgan. 2021-yilda esa bu ko‘rsatkich 7 foizga chiqdi.