11 Nisan 2022 16:40
Oʻzbekiston hukumati Ukrainaga dori-darmon, oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlardan iborat 34 tonna gumanitar yordam yetkazib bergan.
Zakarpatya viloyati hokimi Viktor Nikita, mazkur insonparvarlik yordami bilan bog'liq bayonot berib, O'zbekiston tomonidan yuborilgan 34 tonnalik insonparvarlik yordami Yevropa davlati orqali Zakarpatya viloyatiga yetib kelganini va insonparvarlik yordami dori-darmon, oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlardan iborat ekanligini ma'lum qildi.
Gumanitar yordam zarur boʻlgan hududlarga zudlik bilan yetkazilishini taʼkidlagan V. Nikita, ushbu yordam uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.