o-zbekistonda-turk-taomlari-tanitildi

O‘zbekistonda turk taomlari tanitildi

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan turk taomlarini tanitishga qaratilgan tadbir tashkil etildi

28 Mayıs 2022 10:33

Toshkentdagi Turkiya elchixonasi binosida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonning OAV xodimlari ham ishtirok etdi.

Elchi O. Bekar tadbirning ochilishida so’zlagan nutqida Prezident Rajap Toyyip Erdog’anning rafiqasi Emine Erdog’an boshchiligidagi Turk oshxonasi haftaligi doirasida “Yuz yillik retseptlar bilan Turk oshxonasi” kitobini tanitdi.

Yaqin kunlarda ushbu kitob oʻzbekchaga tarjima qilinishini bildirgan Bekar, boy tarixga ega va sanoqli oshxonalardan biri boʻlgan turk oshxonasini munosib targʻib qilish maqsadida Turk oshxonasi haftaligi doirasida ushbu tadbirni uyushtirganliklarini taʼkidladi.

U Turk oshxonasining mohiyatini Onado‘lidagi uzoq tarixiy o‘tmishga, Onado‘lining madaniy xilma-xilligiga va albatta Istanbulda 600 yillik Usmonli imperiyasi yaratgan oshxonaga asoslanganligini ta’kidladi.

Tili, dini va madaniyati bir bo'lgan ikki qardosh xalqning oshpazlik madaniyati ham bir-birini to'ldiruvchi va boyitib turuvchi xususiyatlarga ega ekanligini ta'kidlagan Bekar, bugungi kunda Toshkentda ko'plab turk taomlari restoran va kafelari faoliyat ko'rsatayotganini ifoda etdi.

 

Yangiliklar