21 Mayıs 2022 09:11
Aport olmasi Olmaotaning ramziga aylangan.
Shaharning nomi ham “Olma” va “Ota” so‘zlaridan tashkil topgan bo’lib, shahar nomi “olma ajdodi” ma’nosini bildiradi.
Tyan-Shan tog‘ yonbag‘irlarida va Olmaota atrofidagi o‘rmonlarida yetishtiriladigan “aport” olmasi o‘ziga xos lazzatga ega.
Olmaotaning ko'p joylarida Aport olmasini ifodalovchi haykalchalar va suvenirlar sotiladi.
Bundan tashqari, ko‘plab ko‘cha nomlarida va yirik savdo markazlarida Aport nomini ko‘rish mumkin.
Aport olmaning tarixi
Aportni 1865 yilda Voronejdan kelgan muhojir Igor Redko Olmaotaga olib kelgan.
Voronej hududida ildiz otishi mumkin bo'lmagan bu olma navi Olmaota atrofidagi 900 dan 1200 metr balandlikdagi yerlarda tez o'sa boshladi.
Bitta mevaning vazni 500 grammga etishi mumkin.
O'sha paytda Olmaotaning katta qizil olmalari Sovet Ittifoqining qimmatbaho meyvalaridan biriga aylandi.
Kremldagi kechki taomda ham dasturxonga qo’yilar edi.
Aport olmaning yetishtirilishi
Aport olma odatda sentyabr oyining o'rtalarida pishadi va yanvar o'rtalari yoki fevral oyining boshigacha saqlanishi mumkin.
Mintaqaning tuproq sharoiti va iqlimi tufayli bu meyvalar katta hajmga yetishi mumkin.
Aport - quritilgan holda ham iste'mol qilinadigan eng mazali meyvalardan biridir.