ozbekiston-bosh-vaziri-orinbosari-s-umurzoqov-qirgiziston-prezidenti-sadir-j

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari S. Umurzoqov Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov qabulida bo'ldi

Qirg'izistonga tashrif buyurgan O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari S. Umurzoqov Prezident Sadir Japarov qabulida bo'ldi.

15 Nisan 2022 10:18

Qirg'iziston Prezidenti S. Japarov Umurzoqov bilan uchrashuvda Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonning muhim strategik hamkori ekanini ta’kidlagan S. Japarov:

“Qardosh xalqlarni bir-biriga ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, mushtarak tarix, madaniyat, an’ana, til va ma’naviy qadriyatlarning yaqinligi bog‘lab turadi",-dedi.

Japarov bosh qarorgohi Bishkekda joylashgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining rasmiy ochilishidan mamnunligini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning may oyida Qirg‘izistonga tashrif buyurishini ta’kidlagan S. Japarov Qirg‘iziston-O‘zbekiston oliy darajadagi muzokaralari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sifat jihatidan rivojlanish bosqichiga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

O'z navbatida, S. Umurzoqov ham Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi ikki qardosh davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.

Yangiliklar