ozbekiston-davlat-rahbari-sh-mirziyoyev-tdt-sammitida-sozga-chiqdi

O'zbekiston Davlat rahbari Sh. Mirziyoyev TDT sammitida so'zga chiqdi

O'zbekiston Davlat rahbari Sh. Mirziyoyev TDT sammitida qilgan nutqida turkiy mamlakatlarning salohiyati va imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan qator takliflar bilan chiqdi

14 Kasım 2022 13:06

Samarqandda Turkiy tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida avvalo, Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e’lon qilish qo‘llab-quvvatlangani uchun sammit ishtirokchilariga  o’z minnatdorchiligini bildirdi.

“Qadim turkiy zamin ming yillar davomida Sharq va G‘arbni tutashtirib, jahon sivilizatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtirib, dunyo madaniyatlarini boyitib kelgan.

 Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz”, - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Shunıngdek, O‘zbekiston rahbari turkiy mamlakatlarning salohiyati va imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan qator takliflarni bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev:

“Mamlakatlarimiz o‘zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdomizning atigi 4 foizini tashkil etadi.

Uning qolgani esa uchinchi davlatlar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

Albatta, bunday holat hech birimizni qoniqtirmaydi” – dedi.

Bu vaziyatni tubdan o‘zgartirish, savdo va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlash uchun “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini”ni barpo etishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev buning uchun har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forumni o‘tkazish zarurligini ta’kidlagan.

Prezident yosh avlodni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida, bu borada natijadorlikni ta’minlash uchun tashkilot bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etishni taklif qilgan.

Shuningdek u, terrorizm, ekstremizm, odam savdosiga qarshi kurashish burasida  hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlagan.

 

 

Yangiliklar