ozbekiston-va-tojikiston-ortasida-azaliy-dostlik-va-hamkorlik-shartnomasi-im

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida azaliy do'stlik va hamkorlik shartnomasi imzolandi

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida abadiy do'stlik va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan shartnoma imzolandi.

03 Haziran 2022 10:56

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan yakkama-yakka va delegatsiyalararo uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat munosabatlari muhokama qilindi.

Sh. Mirziyoyev oʻz nutqida ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida erishilayotgan ulkan yutuqlardan mamnunligini bildirib, Tojikiston Oʻzbekistonning yaqin qoʻshnisi, sodiq doʻsti va ishonchli strategik hamkori ekanini taʼkidladi.

Ikki davlat va xalqlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻzaro manfaatli va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini taʼkidlagan Mirziyoyev, tomonlar oʻrtasidagi azaliy doʻstlik mustahkamlangani va ittifoq shartnomasi imzolanganini “tarixiy voqea” deb baholadi.

“Biz munosabatlarimizni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildik”

Tojikiston Prezidenti I. Rahmon ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar soʻnggi yillarda yuqori darajada rivojlanganiga eʼtibor qaratib, Mirziyoyevning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini yuksak qadrlashini taʼkidladi.

Rahman bu yil Tojikiston va Oʻzbekiston diplomatik aloqalari oʻrnatilganining 30 yilligiga toʻxtalib:

“Biz uchun muhim boʻlgan bu yilda munosabatlarimizni ittifoqchilik darajasiga koʻtarish boʻyicha tarixiy qaror qabul qildik”,- dedi.

Uchrashuvdan soʻng Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida sanoat, madaniyat va sanʼat, atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslaridan birgalikda foydalanish, ipakchilik sohasida hamkorlik kabi masalalarni oʻz ichiga olgan qator shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Mirziyoyev va Rahmon, shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va ittifoqchilikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

 

Yangiliklar