28 Nisan 2022 10:21
O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev turizmni rivojlantirishda muzeylarning rolini oshirishga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida mamlakatdagi muzeylar holatiga baho berdi.
Sh. Mirziyoyev oʻz nutqida mamlakatdagi 14 ta muzeyda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 3 mingdan ortiq tarixiy-madaniy yodgorlik oʻgʻirlangani yoki yoʻqolganiga, Buxoro davlat muzeyida esa qariyb 3 million dollarlik 81 ta boylik oʻgʻirlanganiga eʼtibor qaratdi. 1000 dan ortiq madaniy boyliklar asl nusxaga mos kelmasligi aniqlangan.
Oxirgi 30 yilda madaniy merosga yetkazilgan zarar miqdori 300 million dollardan oshganini ifoda etgan Sh. Mirziyoyev, yil oxirigacha mamlakatdagi barcha tarixiy va madaniy boyliklarni raqamli qayd qilish uchun ma’lumotlar banki yaratilishini aytdi.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon kabi tarixiy shaharlari bilan mashhur O‘zbekistonda mingdan ortiq tarixiy-madaniy inshootlar, ko‘plab muzeylar mavjud.