ozbekistonda-yalpi-ichki-mahsulotning-osishi-investitsiyalarning-qisqarishi-va

O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o'sishi investitsiyalarning qisqarishi va Rossiyadan pul o'tkazmalari kamayganligi tufayli pasaydi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sishi sekinlashishini bashorat qilgan va joriy yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 4 foizga o‘sishini taxmin qilgan.

07 Nisan 2022 18:07

Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsish surʻatlari Rossiyadan pul oʻtkazmalarining qisqarishi tufayli bu yil pasayishi taxmin qilinmoqda.

Hisobotda, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilgi 7,4 foizlik o‘sishdan so‘ng, bu yil 4 foizga, kelasi yili esa, global o‘zgarishlar tufayli mamlakatga kiritiladigan investitsiyalar va jo‘natilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli 4,5 foizgagina o’sishi kutilmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan e’lon qilingan hisobotda, ichki iste'molning kamayishi bilan sanoat va xizmat ko'rsatish sohasidagi o'sish sekinlashishi ta'kidlandi.

2021 yilda to'qimachilik, oziq-ovqat va tog'-kon sanoatidagi kuchli tiklanishdan so'ng, bu yil sanoatda 5 foiz o'sish, 2023-yilda esa 5,5 % o’sish kutilayotgani ta’kidlandi.

Avvalroq  Osiyo taraqqiyot banki, 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizga o‘sishini bashorat qilgan.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 7,4 foizga o‘sgan bo‘lsa, sanoat ishlab chiqarishi 9,5 foiz, xizmatlar sohasi 20 foiz, qurilish sohasi 6%, qishloq xo'jaligi 4 foiz o’sish ko’rsatgan.

 

Yangiliklar