qirgizistonning-gozal-tabiatining-ajralmas-qismi-chatir-kol

Qirg'izistonning go'zal tabiatining ajralmas qismi-Chatir ko'l

Ushbu ko'l Qirg'izistonning shimolida joylashgan bo'lib, uning uzunligi 23 kilometrni tashkil etadi.

22 Mayıs 2022 12:40

Qirg'izistonning go'zal tabiatining ajralmas qismi-Chatir ko'l Norin viloyatidagi Tyan-Shan togʻlarida oʻrtacha dengiz sathidan 3530 metr balandlikda Oqsoy vodiysida joylashgan mamlakatdagi uchinchi yirik yopiq havzali togʻ koʻlidir.

Qirg‘izchada samoviy ko‘li degan ma’noni anglatuvchi  ushbu ko‘lining uzunligi 23 kilometr, eni esa 11 kilometrni tashkil qiladi.

Sentyabrdan iyungacha bu ko'li muzli bo’ladi. Ba'zida muzning qalinligi 1,5 metrga yetishi mumkin. Ko‘l yilning 9-10 oyida sovuq bo‘lgani uchun ko‘lda baliq bo‘lmaydi.

Ko'lda o'rdak turlari uchraydi. Bu yer Pomir turiga o'xshash Larus Brunnicephalus mavjud  yagona joy sifatida tanilgan.

Ko’lning sharqiy qismida joylashgan Koʻkaygʻir daryosi qirgʻogʻidan esa neolit ​​davriga oid (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) turli ashyolar topilgan.

Yangiliklar