23 Nisan 2022 11:35
Qirg'iz madaniyatida bosh kiyim jismonan himoyadan tashqari, shaxs va mavqeni aniqlash, bezak va kiyimni to'ldirish uchun aksessuar sifatida ishlatiladi.
Qirg'izistonning eng mashhur erkaklar milliy bosh kiyimlari - Malakay, Tebetey va Qalpoq.
Malakay
Malakay - yosh yigitlar kiyadigan bosh kiyim.
Avvalari malakayni tebetey tagidan ham kiyishgan.
Malakay, asosan, kigizdan kulrang, jigarrang, qora va oq ranglarda tayyorlanadi. Uning shakli an'anaviy qirg'iz chodiriga o'xshaydi.
U to'rt yoki besh qismdan iborat.
Uning bezaklarida qirgʻiz naqshlari qoʻllangan.
Tebetey
Tebetey – odatda, ellik yoshdan oshgan erkaklar kiyadigan bosh kiyim turi. Ko’proq qish mavsumida kiyiladi.
Oʻtmishda bu bosh kiyimlari uchun xalq va choʻponlar qoʻy terisidan, oʻrta tabaqa erkekleri tulkidan, xoqonlar esa suvsar moʻynasidan foydalangan.
Mo'ynali bosh kiyimlar taxminan 20 sm balandlikdagi to'rtburchak bo'lakdan iborat bo'lib, boshning aylanasiga moslashtirilgan.
U odatda qora baxmal matodan tikiladi.
Mato geometrik shakllar bilan bezatilgan bo’ladi.
Qalpoq
Qalpoq qirgʻiz xalqining oq kigizdan tikilgan milliy erkak bosh kiyimi boʻlib, hozir ham qoʻllanib kelinmoqda.
Qalpoqdagi har bir motiv va timsolda chuqur falsafa mujassam.
Qalpoq biriktirilgan toʻrt qismdan iborat.
Ushbu to'rt qism dunyoning to'rtta asosiy unsurini anglatadi bular: olov, suv, havo va tuproq.