sh-mirziyoyev-osiyoda-hamkorlik-va-ishonch-choralari-bo-yicha-kengashning-vi-s

Sh. Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning VI sammitida so’zga chiqdi.

Sh. Mirziyoyev Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning VI sammitida so’zga chiqdi.

13 Ekim 2022 16:24

Sh. Mirziyoyev Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning VI sammitida so’zga chiqdi.

Mirziyoyev oʻz nutqida mazkur konferensiya oʻtgan davrda Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va barqaror rivojlanish masalalari boʻyicha keng va ochiq muloqotlar oʻtkazish uchun muhim yoʻnalish sifatida nihoyatda zarur ekanligini koʻrsatganini ta’kidladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yoshlarning muammolari yechimlarini birgalikda izlashga mo‘ljallangan – "Avlodlar muloqoti"ni yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi.

Shuningdek, prezident sammitdagi nutqida yoshlar o‘ziga ishonishi, adolatli kelajak shakllanishiga daxldor ekanini his qilishi, o‘z salohiyati va umidlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Sh. Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyatni ushbu omillarning mamlakatlarning umumiy xavfsizlik manfaatlari, taraqqiyoti va farovonligiga ta’sirini hisobga olgan holda inobatga olish zarurligini ta’kidlagan.

Sh. Mirziyoyev, shuningdek, tahdidlarni faqat muloqot, bir-birining manfaatlarini hisobga olish va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga amal qilish orqali samarali yengib oʻtish mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar