shanxay-hamkorlik-tashkiloti-sogliqni-saqlash-vazirlari-ozbekistonda-uchrashdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sog'liqni saqlash vazirlari O'zbekistonda uchrashdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sog'liqni saqlash vazirlari 5-yig'ilishida O'zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Hindistan, Pokiston va Xitoy vakillari ishtirok etdi.

09 Haziran 2022 11:40

Yig‘ilishning ochilishida so‘zga chiqqan B. Musayev ushbu uchrashuv tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Bosh kotibi Min tashkilot sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga majbur ekanini taʼkidlab, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aytdi.

Yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlar o’rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda belgilangan masalalarni amalga oshirish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi hamda aholining sog‘liqni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun o‘zaro sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Vazirlar ShHTga aʼzo mamlakatlarda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, turli sohalarda hamkorlikni davom ettirish, jumladan, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish, teletibbiyot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga kelishib oldilar.

Vazirlar, shuningdek, COVID-19dan keyingi reabilitatsiya va emlash sertifikatlarini oʻzaro tan olish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni qabul qildilar.

Yangiliklar