shanxay-hamkorlik-tashkiloti-sport-vazirlari-ozbekistonda-uchrashdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sport vazirlari O'zbekistonda uchrashdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sport vazirlari O'zbekiston poytaxti Toshkentda yig'ilish o'tkazdi

20 Mayıs 2022 17:23

Oʻzbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov mezbonlik qilgan yigʻilishda tashkilotga aʼzo boʻlgan Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston va Hindiston sport vazirlari va yuqori lavozimli rahbarlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishning ochilishida so‘zga chiqqan ShHT Bosh kotibi Jang Min sport mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatlarni tanitishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazilishi va bu mamlakatlarga xos an'anaviy sport o'yinlari rivojlanishi kerakligini tilga olgan Min, sportni siyosiylashtirmaslik kerakligini ham ta'kidladi.

Oʻzbekiston sportni rivojlantirish vaziri A. Ikromov ham hozirda ushbu davlat  hukumati sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidlab, tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish kerakligini aytdi.

Yig‘ilishda tashkilotga a’zo mamlakatlarda sportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda sport anjomlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, 2025-yilda Osiyo o‘smirlar o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishi masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilish yakunida “2022-2024-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha” chora-tadbirlar rejasi vazirlar tomonidan muhokama qilindi va qabul qilindi.

Yig‘ilishda ShHT sport vazirlari navbatdagi yig‘ilishni 2023-yilda Hindistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.

Yangiliklar