turk-hamkorlik-va-muvofiqlashtirish-agentligi-ozbekistonda-sharoiti-ogir-ikki

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi O'zbekistonda sharoiti og'ir ikki ming oilaga oziq-ovqat tarqatti

THMA O'zbekistonda sharoiti og'ir ikki ming oilaga oziq-ovqat tarqatti

27 Nisan 2022 10:37

THMA  mutasaddilari tomonidan O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi Vasiylik jamg‘armasiga 1500 quti, O‘zbekiston Turk Milliy Madaniyat Markaziga esa 500 quti oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar yordam qutilarini  topshirish marosimida soʻzlagan nutqida bu yordam ikki davlat oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarining koʻrsatkichi ekanligini taʼkidladi.

Muzaffar Salomovning ta’kidlashicha, yordam imkon qadar tezroq butun mamlakat bo‘ylab sharoiti og'irlarga yetkaziladi.

O'zbekiston Turk Milliy Madaniyat Markazi Prezidenti O'mer Salman, yordamning muhtoj bo'lgan mesxet turklari oilalariga yetkazilishini ma'lum qildi va Ramazon yordami uchun THMAga minnatdorchilik bildirdi.

THMA Toshkent dasturi koordinatori Jemallettin Tuney, O'zbekistondagi muhtoj oilalarga yetkazib berish uchun 2000 quti oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaganliklarini bildirdi.

Yangiliklar