10 Haziran 2022 13:32
O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi O. Abdurahmonov Turkiyadagi universitet-sanoat hamkorligini namuna qilib olmoqchi ekanliklarini bildirib, ikki davlat universitetlari mushtarak ilmiy ishlar olib borishi mumkinligini aytdi.
U Izmirda bo'lib o'tgan Turkiya-O'zbekiston Texnik oliy ta'lim muassasalari forumi yig'ilishida ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar kundan-kunga strategik hamkorlik doirasida rivojlanib borayotganini taʼkidlagan.
U Oʻzbekistondagi universitetlar soni 165 taga yetganini ma’lum qildi.
Ko‘plab O‘zbekistonlik talabalar oliy ta’limni Turkiyada davom ettirayotganini eslatgan Odil Abdurahmonov:
"Biz Turkiyadagi universitetlarning texnik va muhandislik sohalarida juda yuqori darajada ekanligini bilamiz. Bu tajribani oʻrganishni istaymiz. Turkiya bilan ilmiy tadqiqotlar olib borishni istaymiz.
"Turkiyada muhandislik sohasidagi o'quv dasturi ish beruvchilarning xohishiga ko'ra tuzilgan. Bu juda foydali tizim",-dedi u.
O'zbekistonning uchinchi rivojlanish davrida ekanligini ta'kidlagan Odil Abdurahmonov:
"Turkiyadagi olimlar bu jarayonda O'zbekistonga yordam beradi degan umiddamiz. Universitetlarimiz eshiklari Turkiyadan kelgan professor-o'qituvchilarga ochiq”,-dedi.
Ege universiteti rektori prof. Dr. Nejdet Budak bundan 2 oy avval O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida 11 ta universitet bilan 50 ta protokol imzolaganini eslatdi.
Budak oʻz universitetlari bilan Ozarbayjon Davlat Qishloq xoʻjaligi universiteti oʻrtasida qishloq xoʻjaligi muhandisligi sohasida olib borilayotgan taʼlim dasturi muvaffaqiyatli davom etayotganini va Oʻzbekiston bilan ham xuddi shunday yoʻl tutmoqchi ekanliklarini taʼkidladi.