turkiya-va-o-zbekiston-inson-huquqlari-bo-yicha-hamkorlik-shartnomasini-imzoladi

Turkiya va O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi

Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti va O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi o‘rtasida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.

08 Haziran 2022 10:18

 

Inson huquqlari va tenglik instituti prezidenti prof. Doktor Muharrem Kilich va muassasa aʼzolaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonda mamlakat parlamenti Qonunchilik palatasi birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Inson huquqlari milliy markazi prezidenti  Akmal Saidov bilan uchrashib, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvdan so‘ng Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti hamda O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi hamkorligida Saidov va Kilich raisligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Kilich O‘zbekistonda bo‘lishdan mamnunligini bildirib:

 “Bunday mushtarak tadbirning ota-bobolarimiz vatanida bo‘layotganidan biz ham xursandmiz. Do‘stligimiz mustahkamlanib, hamkorligimiz ortib bormoqda”,-dedi.

25 yillik institutsional tajribaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Inson huquqlari milliy markazi bilan bunday qoʻshma tadbirning tashkil etilishi ular uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan Kilich, ushbu uchrashuv ikki muassasa oʻrtasidagi hamkorlik uchun yaxshi boshlanish boʻlishini taʼkidladi.

Akmal Saidov ikki muassasa oʻrtasidagi hamkorlik 2018-yildan buyon davom etib, takomillashib borayotganini eslatib, bugun tomonlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi va oʻzaro munosabatlarni yaxshilashini taʼkidladi.

Oktyabr oyida Samarqandda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari bilan hamkorlikda Inson huquqlari boʻyicha Global forum tashkil etishni rejalashtirganliklarini taʼkidlagan Saidov, Turkiya delegatsiyasiga mazkur tadbirdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv doirasida turk va oʻzbekistonlik ekspertlar inson huquqlari boʻyicha taʼlim boʻyicha taqdimotlar qildilar.

Yangiliklar