turkiyadagi-23-aprel-milliy-suverenitet-va-bolalar-kuni-munosabati-bilan-ozbeki

Turkiyadagi 23-aprel Milliy suverenitet va bolalar kuni munosabati bilan O'zbekistonda ham tadbir tashkil etildi

24 Nisan 2022 13:07

A. Navoiy nomidagi san’at saroyida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, O‘zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi tomonidan atshkil etilgan ushbu dasturda Toshkent turk maktabi va boshqa qator ta’lim muassasalarining o’quvchi va talabalari, raqs jamoalari kuy-qo‘shiqlar ijro etdi va raqsga tushdı.

Bu yil uchinchi marotaba xalqaro festival sifatida nishonlangan  tadbirga 3000 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurdi.

Toshkent elchisi Olgan Bekar 23-aprel Milliy suverenitet va bolalar bayrami bilan barchani tabrik etdi.

U Turkiya Buyuk Millat Majlisining 1920-yil 23-aprelda tashkil etilganini va Milliy suverenitet xotirasida  ushbu lgan kun har yili bayram sifatida nishonlanishini ta'kidladi.

U 23-aprelni yanada mazmunli qiladigan yana bir  jihati esa bu mazkur bayramning ulugʻ yoʻlboshchi Otaturk tomonidan bolalarga sovgʻa qilingani ekanligiga eʼtibor qaratdi.

"23-aprel demokratiya va milliy suverenitet ramzi boʻlishi bilan birga millatimizning bolalarga, yaʼni kelajagimizga bergan ahamiyati nishonasidir.

23-aprel Turkiya va turklar istiqomat qilayotgan mamlakatlarda katta ishtiyoq va quvonch bilan nishonlanadi.

Toshkentda uchinchi bor tashkil 23-aprel Bolalarni himoya qilish kunining nishonalanishi esa biz uchun juda quvonarli holat”,-deydi u.

Shuningdek O. Bekar Asrlar davomida mushtarak tarix, til, e’tiqod va madaniyatga asoslangan qardoshlik rishtalariga ega bo‘lgan O‘zbekistonda bu bayramni nishonlash alohida ma’noga ega ekanini ta’kidlagan.

O‘zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi raisi Davut Azmi Erbash ham Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil etiligining 102 yilligini katta ishtiyoq, g‘urur va hayajon bilan nishonlashdan xursand ekanliklarini bildirdi.

Festival doirasida raqslar namoyish etildi, xalq kuy-qo‘shiqlari  kuylandi.

Festivalda ishtirok etgan bolalarga “23 aprel bolalar bayrami” yozuvi tushirilgan futbolkalar, bosh kiyimlar va turli sovg‘alar topshirildi.

  1. Navoiy nomidagi san’at saroyida Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, O‘zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi tomonidan atshkil etilgan ushbu dasturda Toshkent turk maktabi va boshqa qator ta’lim muassasalarining o’quvchi va talabalari, raqs jamoalari kuy-qo‘shiqlar ijro etdi va raqsga tushdı.

Yangiliklar