xalqaro-muzeylar-kunida-kopchilik-qozogiston-milliy-muzeyiga-tashrif-buyurdi

Xalqaro Muzeylar kunida ko'pchilik Qozog'iston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi

18-may - Xalqaro Muzeylar kunida ko'pchilik Qozog'iston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi

19 Mayıs 2022 10:29

Poytaxt Nursultonda joylashgan ushbu muzey 200 mingga yaqin san’at asari bilan mamlakatdagi eng yirik muzey sifatida tanilgan.

Qozog‘iston Milliy muzeyi Kovid-19 epidemiyasi sababli 2 yillik tanaffusdan keyin o‘tkazilgan an’anaviy “Muzeylar kechasi” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir munosabati bilan soat 24.00 ga qadar mehmonlar bepul qabul qilingan ushbu  muzey mahalliy va xorijlik tashrifchilarning e’tiborini tortdi.

Bir kun davom etgan tadbir doirasida muzeyga tashrif buyuruvchilarga turli madaniy dasturlar, Qozog‘iston Milliy gvardiyasi faxriy qorovulining maxsus namoyishi taqdim etildi.

Bu yilgi tadbir Xalqaro muzeylar qoʻmitasi qarori bilan “Muzeylar kuchi” mavzusida oʻtkazilgan.

Oxirgi marta, 2019-yilda tashkil etilgan dasturda bir kunda 37 ming kishi muzeyga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar