2-4-iyun-kunlari-zeytinburnu-turk-dunyosi-nomli-adabiy-festival-bo-lib-o-tadi

2-4 iyun kunlari “Zeytinburnu-Turk dunyosi” nomli adabiy festival bo‘lib o‘tadi

Zeytinburnu hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan adabiy tadbir bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda

27 Mayıs 2022 10:57

2-4 iyun kunlari “Zeytinburnu-Turk dunyosi” nomli hikoyalar festivali bo‘lib o‘tadi

Zeytinburnu hokimiyatining  ma’lum qilishicha, adabiy tadbirda turkiy dunyoning taniqli adiblari ishtirok etadi.

Festival ozarbayjonlik mashhur qo‘shiqchi Ozarining konserti va Fotima Jafariyning miniatyura ko‘rgazmasi bilan ochiladi.

Bu yilgi festivalning mavzusi “Hikoyani eslang”.

Festivalda Najib Tosun va Abdulla Harmanji boshchiligidagi 39 adib bilan suhbatlar o‘tkaziladi.

Zeytinburnu tumani hokimi O‘mer Arysoyning aytishicha, festivalda adabiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Unda hikoya janrining buguni va kelajagi ham baholanadi.

Festival haqida batafsil ma’lumotni “zeytinburnukultursanat.com” saytidan olishingiz mumkin.

 

Yangiliklar