01 Mart 2021 12:36
Qirg’iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan Karasayevning Qorako'ldagi qabri yonida xotira marosimi tashkil etildi.
Shundan keyin poytaxt Bishkekdagi Milliy kutubxonada Karasayevning kitoblari, gazeta va jurnal maqolalari hamda olim hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar namoyish etilgan ko'rgazma ochildi.
Ko'rgazma doirasida Karasayev ijodini tanitish uchun faoliyat olib borayotgan akademiklar va talabalarga Karasayev asarlari taqdim etildi.
Karasayevni xotirlash tadbirlari butun mamlakat bo'ylab simpoziumlar, davra suhbatlari, tanlovlar va ko'rgazmalar bilan davom etadi.
Turk adabiyot olamida "20-asrning Mahmud Qoshg’ariysi" nomi bilan tanilgan Karasayev Qirg'iziston shimolidagi Issiqko'l viloyatida tug'ilgan.
Karasayev ziyoli va badavlat oila farzandi edi, yoshligidan qishloq imomidan savodni va Qur'on o'qishni o'rgangan.
Tarixda birinchi turkiy lug'atning muallifi sifatida iz qoldirgan Mahmud Qoshg’ariyga qiyos qilingan Karasayevning "Imlo va to’g’ri yozish lug'ati", "Juft so'zlar", "Ta'kidlangan so'zlar", “Qomusnoma: Manas lug'ati” kabi jami 20 ta lug’ati bor.
Karasayevning yuzlab maqolalari ko'plab davriy nashrlarda chop etilgan bo'lib, ularda xalqning madaniy hayoti, tarixi va tilshunoslik, xalq pedagogikasi va boshqa dolzarb masalalar yoritib berilgan.
Rus asarlari va xitoy ertaklarini qirg'iz tiliga tarjima qilgan Karasayev turk, nemis, xitoy, rus, arab, uyg'ur, qozoq, mo'g'ul, qalmoq, o'zbek va fors tillarini bilgan.
Aysha Karasayeva bilan turmushidan uch qizi bo'lgan Karasayev, oshqozon saratonidan 1998-yil 31- yanvar kuni 97 yoshida vafot etdi.