2020-yilda-tish-davolatish-uchun-xorijlik-100-ming-bemor-aynan-turkiyani-tanladi

2020 yilda tish davolatish uchun xorijlik 100 ming bemor aynan Turkiyani tanladi

Tishlarni davolash uchun Turkiyani tanlagan  sayyohlar  turist sifatida ham bu mamlakatni aylanib, ko’rib qaytishadi

22 Mart 2021 15:05

Turkiya tibbi turizm bo’yicha dunyoning yetakchi 10 mamlakati qatoriga kiradi.

Soch transplantatsiyasi, estetika, ekstrakorporal urug'lantirish ...

Shuningdek Turkiya, sog'liqni saqlash turizmi sohasida stomatologik davolanish bo’yicha ham eng oldi davlatlardan biridir.

2020 yil ma'lumotlariga ko'ra tish davolash uchun xorijlik 100 ming bemor aynan Turkiyani tanladi.

 

Tish davolatish uchun kelganlarning ko’pchiligi – Yevropaliklar

 

Mana shu maqsadda kelgan turistlarning ko’pchiligini esa yevropaliklar tashkil etadi.

Tish shifokori Sheyma Atach bunga munosabat bildirar ekan, yevropaliklarning aynan Turkiyani tanlashiga sabab - bu davlatda sog’liq tizimi yaxshi rivojlanganligi va Yevropaga nisbatan sog’liq xizmatlari arzonroq ekanligini bildirdi.

 

 

Ham davolanish, ham ekskursiya

 

Estetik stomatologik plomba, implantatsiya, tabassum estetikasi va stomatologik protezlar eng keng talab bo’lgan xizmatlar hisoblanadi. Xususan, keyingi vaqtlarda tabassum estetikasi juda ommalashdi.

Tishlarni davolash uchun Turkiyani tanlagan  sayyohlar  turist sifatida ham bu mamlakatni aylanib, ko’rib qaytishadi.

Shu tarzda ular ham davolanadi ham maroqli  vaqt o'tkazadi.

Yangiliklar