2021-yil-1-apreldan-e-tiboran-turkiya-fuqarolari-ozarbayjon-hududiga-ichki-paspo

2021 yil 1 apreldan e’tiboran Turkiya fuqarolari Ozarbayjon hududiga ichki pasport yoki shaxsiy guvohnoma bilan kirishlari mumkin

Ozarbayjon fuqarolarining Turkiyada, Turkiya fuqarolarining esa Ozarbayjonda vizasiz  sayohat qilish muddati 30 kundan 90 kunga chiqarildi

16 Mart 2021 23:29

2021 yil 1 apreldan e’tiboran Turkiya fuqarolari Ozarbayjon hududiga ichki pasport yoki shaxsiy guvohnoma bilan kirishlari mumkin. Bu haqida Turkiya Respublikasi Xavfsizlik boshqarmasi bayonot berdi.

Shu bilan birga, Ozarbayjon fuqarolari ID karta bilan Turkiyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, Ozarbayjon fuqarolarining Turkiyada, Turkiya fuqarolarining esa Ozarbayjonda vizasiz  sayohat qilish muddati 30 kundan 90 kunga chiqarildi.

Eslatib o’tamiz,  avvalroq Turkiya Tashqi ishlari vaziri M. Chavusho’g’lu bu haqida o’zining ijtimoiy media sahifasida ma’lumot bergan edi.

 

Yangiliklar