26-iyul-kuni-toshkent-shahrida-afg-oniston-xavfsizlik-va-iqtisodiy-rivojlanish

26 iyul kuni Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkentda “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

27 Temmuz 2022 12:59

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vladimir Norov mezbonlik qilgan anjumanda Yevropa Ittifoqining maxsus vakillari, Angliya, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSh, Yaponiya, Turkiya, Afgʻoniston, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Emirxon Muttaki boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ishtirok etgan.

Turkiya nomidan anjumanda Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo Bosh direktori o’rinbosari Ufuk Gezer qatnashdi.

Konferensiyadan soʻng Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi konferensiya yuzasidan yakuniy bayonot eʼlon qildi.

Bayonotda konferensiya ishtirokchilarining Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishning muhim omili sifatida afg‘on iqtisodiyotini jonlantirish va mustahkamlash zarurligi haqidagi umumiy tushunchasi alohida ta’kidlangan.

Afg‘onistonning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, ijtimoiy ahamiyatga ega va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, jumladan, transport, energetika va boshqa yo‘laklarni yaratish muhimligi qayd etildi.

Bayonotda Tolibon maʼmuriyati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Emirxon Muttakiyning turli terroristik guruhlar, jumladan, DAISH bilan aloqalarini uzganligi haqidagi bayonotidan mamnunlik bildirilgan va Afgʻoniston Muvaqqat hukumatining ayollar huquqlari va afgʻon qizlarining maktablarga  borishini taʼminlashi  ahamiyatiga e’tibor qartilgan.

Deklaratsiyada Afg‘onistonning xorijdagi muzlatib qo‘yilgan moliyaviy  manbalarni qaytarilishi va ushbu resurs mamlakat hukumati tomonidan 35 million afg‘on aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar, sog‘liqni saqlash va ta’lim muammolarini hal qilish va ehtiyojlarni qondirish uchun yo‘naltirilishi kerakligi ta’kidlangan.

Yangiliklar