3000-yillik-ayazini-qishlogi-ozining-gozalligi-va-tarixi-bilan-sayyohlarni-j

3000 yillik Ayazini qishlog'i o'zining go'zalligi va tarixi  bilan sayyohlarni jalb etmoqda

Tarixiy Frigiya vodiysining davomi joylashgan Afyonkarahisar viloyatining Ihsaniya tumaniga qarashli Ayazini qishlog‘i qayta tiklamoqda

18 Mayıs 2022 17:07

Qoya turar-joylari, tosh qabrlar, g'orlar ...

3 ming yillik tarixga ega Ayazini qishlog‘i sayyohlik markaziga aylanib bormoqda.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan qator loyihalar amalga oshirilib, buning natijasida qishloq ko‘chalari pushtirang sovunlar, rang-barang soyabon va munchoqlar bilan bezatilgan.

Endilikda Ayazini qishlog'i o'zining go'zalligi va tarixi  bilan birga mana shu bezaklari bilan ham  sayyohlarni jalb etmoqda

Ihsaniya tumani hokimi Dogukan Koyunjuning taʼkidlashicha, qishloqni qayta tiklash taxminan ikki yil avval boshlangan.

Ayni paytda obodonlashtirish ishlari yakunlanib, qishloqqa sayyohlar qabul qilinmoqda.

Frigiya har mavsumda o’ziga xos va   go'zal bo’lgani bois viloyatga yilning istalgan faslida kelib, tabiat qo‘ynidagi go‘zal qishloqda xordiq chiqarish mumkin.

Ushbu tarixiy yerga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijlik sayyohlar soni ham kundan-kunga ortib bormoqda.

 

Yangiliklar