79-nafar-qirgiziston-fuqarolarining-farzandi-iroqdan-qaytarildi

79 nafar Qirg'iziston fuqarolarining farzandi Iroqdan qaytarildi

Qirg'iziston Respublikasi hukumati vataniga qaytarilgan bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatmoqda

16 Mart 2021 23:38

“Meerim” gumanitar missiyasi doirasida 79 nafar Qirg'iziston fuqarolarining farzandi Iroqdan qaytarildi. Ularni olib kelgan samolyot Xalqaro Manas aeroportiga kelgan. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Davlat idoralari, BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF) va nodavlat tashkilot rasmiylari tomonidan kutib olingan bolalarga o'yinchoqlar va sovg'alar topshirildi.

Qirg'iziston Respublikasi hukumati vataniga qaytarilgan bolalarga har tomonlama yordam ko'rsatmoqda.  Zudlik bilan reabilitatsiya qilish va ularni normal tinch hayotga qaytarish uchun barcha choralar ko'riladi.

Ma’lum qilinishicha, Sog'liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi, huquqni muhofaza qilish idoralari, Qirg'izistonning Quvaytdagi elchixonasi va YuNISEFning samarali hamkorligi natijasida Qirg'iziston fuqarolarining farzandlarini o'z mamlakatiga qaytarish rejasi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan.

Iroqda qolgan onalarining roziligi bilan o'z mamlakatlariga olib kelingan bolalar reabilitatsiya dasturidan o’tgach qarindoshlariga berilishi bildirildi.

Tashqi ishlar vaziri Ruslan Qozoqboyevning aytishicha YuNISEF bilan bolalarni evakuatsiya qilish bo'yicha 2018 yildan beri muzokara olib borilgan.

 

 

Yangiliklar