88-yillik-tanaffusdan-so-ng-ayo-sofiya-masjidida-yana-taroveh-namozi-o-qiladi

88 yillik tanaffusdan so‘ng Ayo Sofiya masjidida yana taroveh namozi o‘qiladi

Ayo Sofiya masjidida taroveh namozi o‘qiladi. Eslatib o‘tamiz, Ayo Sofiya masjidi bundan 88 yil avval muzeyga aylantirilgan. 2020 yil 24 iyulda u masjid sifatida qayta ochildi.

30 Mart 2022 17:19

Muborak Ramazon oyi boshlanishiga oz qoldi.

Ramazon oyi barcha musulmonlar uchun  muqaddas hisoblanadi.

Ro‘za odamlarga kun davomida ovqat va suvdan o‘zini tiyish, ma’naviy ozuqa olish, yomon ishlardan poklanish imkoniyatini beradi.

Shuning uchun musulmonlar muborak oyni intiqlik bilan kutadilar va bu oyda ko‘proq savobli amallar qilishga harakat qiladilar.

Muborak Ramazon oyi musulmonlar  uchun  bag’rikenglik va xursandchilik oyidir.

Ramazon oyida taroveh namozini o‘qish sunnatdir.

"Taroveh" - Ramazon oyida har bir ro'za kunidan keyin o'qiladigan tungi namoz.

Taroveh namozi bu yil mashhur Aya Sofiya masjidida ham o‘qiladi.

88 yillik tanaffusdan so‘ng ushbu masjidida yana taroveh namozi o‘qilishi kutilmoqda.

Ayo Sofiya bundan 88 yil oldin ibodat qilish uchun yopilgan va muzeyga aylantirilgan.

O‘shandan beri Ayo Sofiyada namoz o‘qilmagan.

2020-yil 24-iyul kuni Prezident Erdo‘g‘anning farmoni bilan Ayo Sofiya yana masjidga aylantirildi va ibodat uchun ochildi.

Biroq 2020-2021 yillarda Kovid-19 avj olgani sababli hech bir masjidda taroveh namozini o‘qilmagan.

Bu yil taroveh namozlarini o‘qishda hech qanday cheklovlar yo‘q. Taroveh namozi 1 apreldan boshlab butun Turkiya boʻylab, jumladan Ayo Sofiya ibodatxonasida ham oʻqiladi.

Istanbul aholisi va mehmonlari Ayo Sofiyadagi tarovih namozini intiqlik bilan kutmoqda.

 

Yangiliklar