10 Mart 2021 18:46
Nurol kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Ajdar Yalchin 4x4" zirhli mashinasi odatiy va assimetrik muhitda foydalanishga yaroqlidir. U yuqori darajali himoya, yuqori harakatchanlik va yuk ko'tarish qobiliyati bilan ajralib turadi.
"Ajdar Yalchin 4x4" dan harbiy sohada foydalaniladi. Uning 10 dan ortiq funksiyalari bor. Yaqin Sharq, Fors ko'rfazi, Osiyo, Afrika va Yevropaning ko'plab ushbu harbiy vositaga qiziqish bildirmoqda.
2020-yildan beri Yevropa Ittifoqi va NATO a'zosi bo'lgan Vengriya
"Ajdar Yalchin 4x4" sotib olgan. Shunday qilib, mashina NATOga a'zo mamlakatlarda qo’llanila boshladi.
Ushbu transport vositasi bir necha yillardan buyon Turkiyada, shuningdek harbiy sohada xalqaro harbiy va xavfsizlik kuchlari tomonidan ishlatilib kelinmoqda.
So'nggi yillarda mijozlar iltimosiga binoan mashinaga tez yordam vositasi sifatida ham qayta ishlangan.