anadolu-agentligi-aa-va-xorijdagi-turklar-va-qardosh-hamjamiyatlar-boshqarmasi

Anadolu agentligi (AA) va Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar boshqarmasi hamkorlikda xorijlik bitiruvchilar uchun “Yangi avlod media-trening dasturi”ni tashkil etdi

Trening 15-19 mart kunlari onlayn tarzda o'tkaziladi

15 Mart 2021 22:01

 

Anadolu agentligi (AA) va Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar boshqarmasi hamkorlikda  xorijlik bitiruvchilar uchun maxsus o'quv dasturini tashkil qilmoqda. Ushbu dastur ommaviy axborot vositalari, aloqa, matbuot, jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishni xohlovchi bitiruvchilarga qaratilgan.

Anadolu axborot agentligi direktori Alptekin Jihangir Ishbilirning so'zlariga ko'ra, bunday tadbir birinchi marta o'tkazilmoqda.

“Bu turkiyadagi xorijlik bitiruvchilar uchun birinchi trening. Media akademiyaning birinchi treningi 5 kun davom etadi. Bu asosan aloqa bo'limi bitiruvchilari va ommaviy axborot vositalarida ishlashni istaganlarga mo'ljallangan. Keyinchalik malaka oshirish dasturlarini amalga oshiramiz”, - dedi u.

Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar boshqarmasi Turkiya bitiruvchilari koordinatori Muhammad Musa Budak ushbu tadbir kasbiy bilimlarni oshirish va tajriba orttirishga qaratilganligini aytdi.

Uning ma’lumot berishicha, shu kungacha 150 mingdan ortiq  xorijlik talaba Turkiyadagi universitetlarni bitirgan.

Xorijdagi turklar va qardosh hamjamiyatlar boshqarmasi Turkiya universitetlarining xorijlik bitiruvchilari uchun bir qator treninglar tashkil qilmoqda. “Yangi avlod media-trening dasturi” ana shulardan biridir.

Trening 15-19 mart kunlari onlayn tarzda o'tkaziladi. Trening davomida ishtirokchilar "Jurnalistika kun tartibi va manbalari", "yangiliklarni yozish texnikasi", "intervyu olish texnikasi", "nizolarni tahlil qilish", "xalqaro jurnalistika", "zamonaviy va ijtimoiy tarmoqlar" haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Seminar turk tilida bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Yangiliklar