asaf-zeynalli-ozarbayjonning-asoschi-bastakorlaridan-biridir

Asaf Zeynalli Ozarbayjonning asoschi bastakorlaridan biridir

Asaf Zeynalli 1909 yil Dog'istonning Derbent shahrida tug'ilgan

20 Mart 2022 15:14

Asaf Zeynalli 1909 yil Dog'istonning Derbent shahrida tug'ilgan.1923-1926 yillarda Boku musiqa texnikumida, 1931 yilda Ozarbayjon Davlat konservatoriyasining kompozitorlik bo‘limida tahsil olgan.

Ozarbayjon musiqasi tarixidagi ilk romanslar Asaf Zeynalliga tegishli. Zeynalli ilk milliy romanslar (vokal asari), fortepiano va skripka uchun miniatyura pyesalari, shuningdek, ilk simfonik asarlar muallifi sifatida Ozarbayjon musiqa madaniyati tarixida o‘z izini qoldirdi.

Ozarbayjon musiqasi tarixida birinchi marta bolalar musiqa repertuariga asos soldi va bir qancha ozarbayjon xalq qoʻshiqlarini ham notalashtirdi.

Asaf Zeynalli 1932 yil 27 oktyabrda 23 yoshida Bokuda vafot etdi. Bastakorning ismi hozir Boku musiqa kolleji va Bokudagi ko'chalardan biriga berilgan.

Yangiliklar