binali-yildirim-ozbekiston-davlat-rahbari-shavkat-mirziyoyev-qabulida-boldi

Binali Yildirim O'zbekiston Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev qabulida bo'ldi

Turk Davlatlari Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim O'zbekiston Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev qabulida bo'ldi

27 Mart 2022 10:29

Prezidentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida B. Yildirim  Sh. Mirziyoyevga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Mirziyoyev Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasidan mamnunligini bildirar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi izchil oshib borayotgani, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Sh. Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol oʻynaganini taʼkidladi.

Turk Davlatlari Tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingan uchrashuvda tashkilot tomonidan 2021-yil noyabr oyida oʻtkazilgan Istanbul sammitida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishning ahamiyatga e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ishlari davom etayotgani ta’kidlandi. Uchrashuvda savdo, transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar transferi kabi sohalardagi qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqilib, mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar ham ishtirok etdi.

Bugun Toshkent xalqaro sarmoya forumiga tashrif buyurgan Yildirim kecha O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va boshqalar bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.

Yangiliklar