birinchi-turk-ayol-hukmdori-massagetlar-qabilasining-malikasi-tomaris

Birinchi turk ayol hukmdori- massagetlar qabilasining malikasi To'maris

Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashgan jasur ayol sarkardasi

25 Eylül 2021 15:29

 To'maris miloddan oldingi VI asrda yashagan. To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan.

U besh yoshida  ot minishni o’rgangan. To'maris yoshligidan otasidan ta'lim olgan. Uning onasi erta vafot etgan edi.

To'marisning eri Rustam juda kuchli qahramon edi, ammo u erta vafot etgan. Rustam vafotidan keyin To'maris taxtga o'tirdi.

Miloddan avvalgi VI asrda Axmoniylar podshosi Kir II O'rta Osiyoga bostirib kirib qabilalarni bo'ysundirdi. Kir II To'marisga o'z xabarchisini yuboradi. U To'marisga unga uylanishni va ikki xalqni urushsiz birlashtirishni taklif qildi. Massagetlar malikasi esa bu taklifni rad etdi.

Erondan kelgan qoʻshin va massagetlar oʻrtasidagi dastlabki jangdaTo'marisning oʻgʻli boshchiligidagi massagetlar gʻalaba qozongan. Ikkınchi jangda esa forslar hiyla bilan uni asir olishadi. To'marisning o’g’li bunga chiday olmay oʻz joniga qasd qilgan.

Shundan keyin jangga  To'maris boshchilik qiladi. Uzoq davom etgan  jang nihoyat, massagetlar gʻalabasi bilan yakunlanadi.

Mashhur qozoq rejissyori Akan Satayev afsonaviy qahramon To'maris haqida badiiy film suratga oldi. Film hozirda Turkiyada namoyish etilmoqda.

Yangiliklar